rayon
bilan ulashing
1.
-
Toshkent shahar rayonlari.
-
Aziza qishki imtihonlarni topshirib, rayonga qaytishi bilan yana ishga tushib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Shu kuni Chilonzor rayon xalq sudi yana bir ayol ustidan hukm chiqardi. Gazetadan
2. so‘zlashuv tili Rayon (tuman)ning maʼmuriy markazi.
-
Rayondan kelgan vakil.
-
Biz rayon kattakonlarining buyrugʻini bajardik, xolos. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Rayondan telefon qilishdi [dedi Nishonov Saodatxonga]. S. Zunnunova, Yangi direktor
3. Biror geografik, iqtisodiy va shu kabilar belgilar, xususiyatlar bilan ajralib turadigan joy, hudud.
-
Mamlakatning muhim iqtisodiy rayonlari.
-
Jangovar bayroq har doim oʻz harbiy qismi bilan, jang maydonida esa qismning jangovar harakatlari rayonlarida boʻladi. Gazetadan
RAYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАЙОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rayon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar