rayosat
bilan ulashing
1. Majlis yoki kengashga rahbarlik qilish uchun saylangan bir guruh kishilar; prezidium.
-
Rayosatga Rafiqov, Sobirov, Berdi tatar, Mardonboy, Mirsoatlar saylanib, majlisni Sobirov olib bordi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Azmiddin oʻrnidan turib, sud rayosatiga qarab allanima deb baqirdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Davlat hokimiyati organi.
-
Plenum va Rayosat muhokamasiga, qonunga binoan, ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar kiritiladi. Gazetadan
3. Baʼzi tashkilot va muassasalarning rahbarlik organi.
-
Majlisda Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining aʼzolari ishtirok etdi. Gazetadan
-
Bu xatolarga viloyat sudining sudlov hayʼati va rayosati ham eʼtibor bermaydi. Gazetadan
-
Rayosatimiz qaroriga koʻra, biz har yili Bobur mirzo tavallud topgan muborak kunda uning ilmiy merosiga bagʻishlab xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazishimiz lozim. Gazetadan
RAYOSAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАЁСАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rayosat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar