raʼy
bilan ulashing
Xohish, mayl; ragʻbat.
-
Birovning raʼyiga qaramoq. Raʼyiga yurmoq.
-
Doʻstlarim, men sizga talpingan damda Qalbimda boʻladi yolgʻiz bir raʼyim: Xiyonat boʻlmasa deyman hech kimda, Doʻstlarning imoni but boʻlsa doim. A. Oripov, Yillar armoni
-
Bozorova yangi emasmi, boshliqning raʼyiga qarab ish tutishga harakat qiladi. N. Aminov, Qahqaha
-
Inshoollo, bul andishamiz kiromlarga maʼqul tushgan taqdirda, janobi tojdorning ham raʼylarini olmoq maʼquldir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
RAʼY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАЪЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raʼy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar