qiyin
bilan ulashing
1. zid. Qiyinchilik bilan amalga oshadigan, koʻp kuch, mehnat va shu kabilar talab qiladigan; sermashaqqat, mashaqqatli; oson.
-
Qiyin ish. Qiyin masala. Qiyin vazifa.
-
Sanat turlarining ichida eng qiyini — rassomchilik. F. Musajonov, Himmat
-
Mulla Fazliddin yosh podshohning amri bilan Buratogʻning chiqish qiyin boʻlgan xush-manzara bir qoyatoshi ustiga kichkina hujra qurgan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Ogʻirchilik, qiyinchilik bilan bogʻliq boʻlgan; ogʻir, mushkul.
-
Qiyin sharoit. Qiyin ahvol.
-
Qarab oʻtirsak —uyat boʻladi, xalq qiyin kunimda asqatmadi, deydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Musofirchilik qiyin, bola-chaqani sogʻinadi kishi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Bola faqirga qiyin boʻldi, — dedi Jonuzoq oqsoqol Oysuluv suzib kelgan ovqatni yeyayotib. S. Anorboyev, Oqsoy
3. kesim vzf. Mahol, amrimahol.
-
Qorongʻida kim ekanini bilish qiyin. Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin. Maqol
-
U
-
zamonda, oʻgʻlim, bizga oʻxshagan odamlarning toʻrt tanga orttirishi qiyin edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Buning ustiga, suyagi mehnatda qotgan ayolning nozik qomat, xipcha bel boʻlishi qiyin albatta. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Duduq odamning gapirishi qiyin, ammo uning gapini tushunish undan ham qiyin. F. Musajonov, Himmat
4. kam qo‘llanadigan, aynan Qiyinchilik.
-
Qizniki qiyin bilan bitar, Oʻgʻilniki oʻyin bilan bitar. Maqol
QIYIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar