qiyiq
bilan ulashing
1. Mato, qogʻoz va shu kabilardan odatda uchburchak shaklda qiyib olingan parcha yoki ortib qolgan qiyindi, qiyqim.
-
Qogʻoz qiyiqlari.
-
Deraza oynalariga turli shaklda qiyiq qogʻozlar yopishtirilgan. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Bir tomoni baland, bir tomoni past; qiya, qiygʻoch, qiyshiq.
-
Yigʻilgan pullarni yaktagining qiyiq choʻntagiga solib, xayrlashib joʻnadi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
-
[Kumush] Ayvon ustuniga suyangach, qora qiyiq qoshlarini chimirib, koʻcha yoʻlak tomonga qaradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Qisiq yoki suzuk; qisilgan yoki suzilgan, qiygʻoch (koʻz haqida).
-
Chorbogʻning qoq oʻrtasiga qurilgan baland shiypon zinalaridan oʻrta yoshli, miqtidan kelgan, qiyiq koʻzli bir kishi tushib kelayotgan edi. M. Osim, Oʻtror
4. koʻchma Gapga koʻnmaydigan, tutgan yerini kesadigan; oʻjar, qaysar.
-
Qiyiq bola.
-
Mulla Ikrom qiyiq odam boʻlganidanmi yoki kasbi shuni lozim koʻrganidanmi, murosaga unamadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qiyigʻimni bogʻlamadi — qiyiq ekan, Boqsam — koʻzi shoʻx-u qoshi quyuq ekan. T. Toʻla.
5. koʻchma Kamchilik, nuqson, xato.
-
Agapovning seni mensimay piching qilib, gapingdan qiyiq topib oʻtirishi bejiz boʻlmasa kerak. I. Rahim, Ixlos
-
Uning har bir ishidan qiyiq topishga urinar edi. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
qiyiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qiyiq gap
-
Garchi koʻngliga qiyiq gap kelmagan boʻlsa hamki, shunday yosh juvonda oʻqish oʻzi uchun gʻayritabiiydek koʻrinar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Qildan qiyiq axtarmoq (yoki topmoq)
-
Har qaysimiz bitta odamcha oʻlib-tirilayotgan boʻlsag-u, qildan qiyiq axtarib, zvenomizni toshbaqa qilib, gazetaga chiqarishsa. H. Nuʼmon, Fasllar
Odatda belga bogʻlash uchun atrofiga gul tikilgan toʻrtburchak mato; belbogʻ, qiyiqcha.
-
Las qiyiq. Shohi qiyiq.
-
[Gʻozi] Qishda beqasam toʻn ustidan shohi qiyiq bogʻlar, yozda esa pilta yoqali oq yaktakni belbogʻsiz kiyardi. I. Rahim, Ixlos
-
Xadicha xola, bundan yaqin olti oy burun kelganida, bir qiyiq behi olib keldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
QIYIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar