qiyinchilik
bilan ulashing
1. Umuman, qiynalish, qiynoq keltiradigan (tugʻdiradigan) holat; qiyinlik.
-
Yaralangan Qodir qiyinchilik bilan oʻrnidan turdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Dastlab, otangga bor, onangga bor, qabilidagi birmuncha qiyinchiliklar sodir boʻlgan esa-da, keyinchalik ishlar yurishib ketdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
[Yoʻlchi] Qoratoyga yoʻliqdi, qiyinchilik bilan bir aravani baylashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ishga xalal beradigan, uni qiyinlashtiradigan narsa yoki holat; monelik, toʻsiq, gʻov, qiyinlik.
-
Ungur ichkarilashgan sari qiyinchiliklar tugʻdirib bordi. Uch quloch ilgarilash bilan ungur ichi ancha qorongʻilashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ular oʻzlarining kuchli irodalari, kurashlari bilan oʻz yoʻllarida toʻgʻonoq boʻlgan qiyinchiliklarni yengib oʻta oladigan kishilardir. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Mashaqqat; azob-uqubat.
-
U otasidan yigirma yoshda qolib, ukalarini qiyinchilik bilan boqqan. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Qanchadan-qancha qiyinchiliklar bilan uni oʻqitib, oliy maʼlumot olishiga imkon bergan ota-onasidan umr boʻyi minnatdor boʻlib yashadi. Saodat
4. Ogʻir moddiy ahvol, qattiqchilik, ogʻirchilik.
-
Qiyinchilik bilan oʻsgan bola.
-
Hammalarining gaplari, aylanib kelib, tobora avj olayotgan qimmatchilik va qiyinchilik ustida toʻxtalar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
QIYINCHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙИНЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyinchilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar