ulug‘
bilan ulashing
1. Egallagan oʻrni, hajmi gʻoyat yirik; juda katta, ulkan, buyuk.
-
Keltirganlar ikkisin bogʻlab, Tashlaganlar ulugʻ daryoga. Gʻayratiy
-
Xotin asl oʻrdaning ulugʻ, muhtasham darvozasiga yaqinlashgandan keyin oʻngdagi ayri yoʻlga burildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Shu kecha yoʻl tortdi choshkada [choshgohda] ulugʻ bir toqqa yetdi. Hasanxon
2. Kuch-qudrat, imkoniyat va shu kabilar jihatdan juda katta imkoniyatlarga eta; qudratli.
-
Shayboniyxon markazlashgan ulugʻ bir davlat tuzishga intilar ekan qoʻl ostidagi odamlarning ixlos va eʼtiqodini ham qozonishga alohida eʼtibor berar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Qadr-qiymati, ahamiyati va shu kabilar jihatidan yuqori darajali; buyuk.
-
Bizning jamiyatda inson qadr-qimmati har narsadan ulugʻ. Gazetadan
-
Shoir uchun bu olamda muxlisning ehtiromidan koʻra ulugʻroq baxt yoʻq. Gazetadan
-
Insondagi eng ulugʻ fazilatlardan biri kamtarlik va oddiylikdir. Gazetadan
4. Salmogʻi, koʻlami, ahamiyati yuqori boʻlgan; muhim.
-
Saidqosim ulugʻ ishlarni amalga oshiruvchilardan boʻlgani uchun quvonardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Biz katta ishlar, ulugʻ oʻzgarishlar arafasida turibmiz. Gazetadan
5. Oʻz qobiliyati, xizmatlari bilan buyuk ishlarni amalga oshirgan va hurmat-eʼtibor qozongan; buyuk.
-
Qadimgi yunon mulkida oʻtgan donishmand, handasa ilmiga asos solgan, yer oʻlchashni oʻrgatgan ulugʻ olim [Yevklid]. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Ulugʻ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qoʻyilmoqda. Gazetadan
6. Shunday ulugʻlikni qayd etuvchi soʻz sifatida shaxs bildiruvchi soʻzlarga qoʻshib ishlatiladi.
-
Ulugʻ amir. Ulugʻ Alisher,
-
Ishqilib, xudoyi taolo ulugʻ sultonni panohi-da asrasin Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bobur suratga [Navoiy suratiga] qarab turib, oʻzicha soʻradi: Ulugʻ amir, nasib qilsa, huzuringizga borsam sheʼriyat tilsimini ochgʻuchi kalit berurmisiz? P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Demak, Nizomiddin bu nihoyatda xavfli toʻdaga mansub, ulugʻ hazrat joniga qasd qilganlar orasida bor Mirmuhsin, Meʼmor
7. Rahbar, boshliq.
-
Ilgarilari Boʻtaboyni, ulugʻimiz, deb yuradigan kishilar uni koʻrganda, beting qursin, deb oʻtib ketadigan boʻlib qolishdi. S. Ahmad, Hukm
-
Soʻz soʻzlasa, durri gavhar sochilar. Oʻrozali yurtimizning ulugʻi Yodgor
-
Iya, iya, ulugʻ, Siz ham shu gapni aytdingizmi. S. Ahmad, Hukm
8. Ulugʻ (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
ULUG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛУҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ulug‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar