yalmog‘iz
bilan ulashing
1. mif. Xalq ogʻzaki poetik ijodida keng tarqalgan, oʻta xunuk qari kampir sifatida tasvirlanadigan, duch kelgan hamma narsani yeb-yutib yuboradigan afsonaviy maxluq; jodugar.
-
Yalmogʻiz kampir.
-
Kunbotarda bir yovuz Dev bor emish, yalmogʻiz. H. Olimjon
2. koʻchma Hamma narsani yeb-yutadigan, quritadigan; yuho.
-
Dollarga topingan yalmogʻizlarning Qonli xurujiga chek qoʻying tezroq. Uygʻun
-
Bu yalmogʻiz qashshoqlikning zaharli tomirlari oʻz rizqini qayerdan va qanday olishini yaxshi bilib oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
YALMOG‘IZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛМОҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yalmog‘iz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar