yallig‘
bilan ulashing
1. Alanga, yolqin.
-
Lampaning kuchsizgina yalligʻi shabadada lip-lip etib, ayvon oldinigina yoritib turdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Sal oʻtmay dushman mudofaasining ufqida ustma-ust yalligʻ koʻtarildi, keyin gumburlash eshitildi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Biror issiqlik manbaidan ufuruvchi harorat; taft.
-
Saraton jaziramasida tandirdek qizigan yerning yalligʻi gupullab yuzga uriladi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Tandirdan chiqayotgan yalligʻ uning ham betlarini qizartirib yuborgan. S. Ahmad, Saylanma
3. koʻchma Taft, harorat.
-
Qoʻchqorning hazin kuyi, yuragining yalligʻi teggan soʻzlari [Sherbek] qulogʻiga aniq eshitilayotgandek tuyuldi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. Qizarish, shishish.
-
Tomogʻining yalligʻi batamom qaytganini koʻrib, professor unga tomoq bezini oldirish uchun oʻz klinikasiga yoʻllanma berdi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
YALLIG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛЛИҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yallig‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar