yalla
bilan ulashing
Raqs bilan ijro etiladigan yengil va shoʻx qoʻshiq, ashula.
-
Oʻynashib, toʻy-toʻylashib, aytib qoʻshiqlar, yallalar, Qilgali ahd-u nikohni keldi mehmonlar bu kun. Habibiy
-
Ichkari hovlida esa boy xotinlarining dutor chalib, yalla aytayotganlari eshitilar edi. S. Ahmad, Oqpadar
-
Aravalarda, otlarda, piyoda ketib borayotgan yosh-u yalang, qari-yu qartanglar suyunchlari ichlariga sigʻmay, yalla aytishadi kulishadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bazm avjida. Xalq hofizlari J. Sultonov, M. Uzoqov, Halimaxonim yallasiga Mukarramaxonim va Tamaraxonimlar raqsga tushardi. N. Safarov, Olovli izlar
yalla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yalla qilmoq
-
Urmonjon Qurbon ota bilan Sidiqjonni sozandalar yalla qilayotgan davradan topdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Alla, jonim, alla, hozir ishlashga palla, Yigʻim-terimlarni olib, soʻngra qilamiz yalla. Qoʻshiqlar
YALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yalla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar