yaloq
bilan ulashing
1. It, mushuk kabi hayvonlarning ovqat yeyishi uchun belgilangan idish.
-
It yalogʻi.
-
Haligi toʻrtta it suruvdan nariroqda tillarini chapillatib, yaloqdan ov-qat ichmoqda. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Oʻsha kuni u [it] hovliga qaytib, yaloqdagi yuvundini shaloplatib ichdi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
2. Ogʻzi keng (baʼzi idishlar haqida).
-
Togʻora, jom, shunaqa ogʻzi yaloq idishlarda u yer-bu yerga suv qoʻy A. Mirahmedov, Oʻt yuraklar
-
Usubali yogʻoch yaloqda suv keltirib ichirdi, yuziga suv sepdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. aynan Yaloqi.
-
Oʻpka, jigar, buyrak, taloq, Hammadan ham Hamid yaloq. Boychechak
4. sheva Chugʻurchuq, qorayaloq.
YALOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar