jinni
bilan ulashing
1. Aqldan ozgan, ruhiy kasallikka yoʻliqqan; telba, savdoyi.
-
Oʻsha qoʻshnining qizi shu yongʻoq tagi-da koʻp oʻtirib, jinni boʻlib qoldi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Qurvonbibi jinni boʻlib, paranjisiz va yirtiq kiyimlar bilan eshonnikiga kelgan vaqtida, uni zanjirga bogʻlaydigan odam ham topilmadi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. koʻchma Xayoliga kelgan ahmoqona ishlar, yarashmagan qiliqlar qiladigan kishi; ahmoq, nodon.
-
Maslahatingiz uchun rahmat, rais. Men boʻlsam, jinni boʻlib, sizga maqtanibman. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Jinni boʻlibsan, Tohir! Hamma urushdan qochsa, sen bu ajdahoning komiga oʻz ixtiyoring bila bormoqchisan! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Oʻzini yaqin olib, erkalatib gapirganda yoki hazil tariqasida devona, tentak kabi maʼnolarda ishlatiladi.
-
Devona sevikli qovogʻini soʻrida koʻrib quvona ketdi: — Voy, jinnilar qovogʻimni ber, jinnilar! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
jinni soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jinni shamol
Jinni qilmoq
-
[Zubayda] Noz-u ado bilan dutor chertib qoʻshiq aytganda, eshitganni jinni qilarmish. K. Yashin, Hamza
Jinni qoʻyning kallasini yedingmi?
Jinnisini chiqarmoq
-
Qorboʻron qilib, uning jinnisini chiqarishdi;
-
Bolalar qoʻgʻirchoqning jinnisini chiqaribdi.
Latta jinnisi
-
— Latta jinnisi! — deb baqirdi Boʻtaboy butun alamini xotinidan olmoqchi boʻlib, — lattaning uchini koʻrsatsa, oʻzingni tomdan tashlaysan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
JINNI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИННИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jinni so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan JINNI so‘ziga berilgan ma’nolar
jinni so‘ziga yangi izoh qo‘shing