jin
bilan ulashing
1. Sharq mifologiyasida va diniy tasavvurlarga koʻra: pastqam joylarda kishi koʻziga odam timsolida koʻrinib, goʻyo uni biror dard-illatga chalintirib (masalan ogʻzini qiyshaytirib) ketadigan afsonaviy maxluq.
-
— Endi bu yerda ilgarigiday boyoʻgʻli sayramaydi. Hech kimning koʻziga jin ham koʻrinmaydi, — dedi Yusvali togʻa. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bukri domla Maynani jinmi, parimi deb oʻyladi shekilli, turgan joyidan siljimay, allaqanday duoni pichirladi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. koʻchma Kishining tabiati, taʼb.
-
Shunaqangi gaplarni jinim suymaydi.
-
Beparvo, boʻshanglik mardga emas ep, Bunday odamlarni yoqtirmas jinim. J. Jabborov.
-
Sattorqul akang uyni tuzattirib bermoqchi. Mayli, oʻshanda deraza ham qursin, oqlatsin ham, tokcha jiniga yoqmasa, suvatib tashlay qolsin. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
jin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jin koʻcha
-
Xivaning jin koʻchalari huvillab yotibdi. S. Siyoyev, Avaz
Jin tegmoq
-
Narigi xonadan opasining uf tortgani eshitildi: — Nima jin tegdi unga? — Opa, qoʻrqyapman,— dedi Charos ovozi titrab. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Jin urmaydi
-
— Xotiningizga jin ham urmaydi, avval xashak jamgʻarish topshirigʻini bajaring! — dedi sovxoz direktora Saidmurod aka. N. Qobil, Bemorlar
Jin ursin
-
Senlarning gaplaring qiziq boʻldi-ku, jin ursin seni! S. Karomatov, Oltin qum
Jin chiroq
Jini tutmoq
-
Birpasda dadamning jini tutdi. E. Raimov, Ajab qishloq
Jini qoʻzimoq (yoki qoʻzgʻamoq)
-
[Zargarov Nasibaga zehn solib:] Hm Formada olib bora koʻrma, formani koʻrib, ZAGS mudirining jini qoʻzgʻamasin tagʻin. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
Jiniga tegmoq yoki jinini qoʻzgʻatmoq
-
Jinimga tegmagan sen bormiding?
Jinidan battar yomon koʻrmoq
-
Domla bozor qilishni, magazinga borishni jinidan battar yomon koʻrar edi. A. Qahhor, Toʻyda aza
Seni (yoki senga) nima jin urdi?
-
[Qozi Mulladoʻstga:] Senga nima jin urdi? — [Mulladoʻst:] Sizni urgan jin! Jim turing, bu kun ham ozlik qilmasin! Hamza, Maysaraning ishi
Jin chaqa
-
Jin chaqa hammaning karmoniga tupurib, boylarning hamyoniga oʻzini uradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Jin mashina
-
Zavod ichkarisida jinlar paxta tozalab chiqarmoqda. J. Sharipov, Xorazm
JIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar