urvoq
bilan ulashing
1. Mushtlash, yoyish va boshqalar jihatdan ishlov berilayotganda, taxtaga yoki supraga yopishmasligi uchun xamir, zuvala va shu kabilarga sepiladigan un.
-
Urvogʻiga chidagan yupqa qiladi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Mol yoki qoʻy jigari qalinligi 2 sm hajmida shapaloqdek qilib kesilgach, urvoqqa belanadi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. koʻchma Eng kichik boʻlak, zarra.
-
Har birimiz xalqning bir urvogʻimiz. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
-
[Tillaning] Urvogʻi ham koʻrinmaydi. B. Rahmonov, Oltin odamlar
urvoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Urvoq ham boʻlmaydi
-
Boyning arzimas sadaqasi Mirkomillarning oilasiga urvoq ham boʻlmasdi. Fan va turmush
-
Qoʻy-echkilar och. Samolyotda tashlangan yem-xashaklar urvoq ham boʻlmayapti. Gazetadan
URVOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УРВОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
urvoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar