olam
bilan ulashing
1. Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo.
-
— Ayb mening oʻzimda, — dedi u [boy] zardasi qaynab. —
-
Olam bino boʻlgandan beri yaxshilikka — yomonlik, xizmatga — tuhmat boʻlib kelgan. S. Ayniy, Doxunda
2. Butun jahon, dunyo, yer yuzi va undagi insonlar, xalqlar
-
Paxtamizning shuhrati butun olamga mashhur.
-
Hakimboyvachchaning ovozasi olamni tutadi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Tabiatda mavjud boʻlgan narsalarning alohida bir toʻpi, dunyosi.
-
Oʻsimliklar olami.
-
Titrash oʻsimlik olamiga ham halokatli taʼsir etadi. Fan va turmush
4. Oʻziga xos xususiyatlari, maqsadi, maslagi bilan ajralib turadigan ijtimoiy guruh, jamiyat.
5. Odamning maʼnaviy, ichki dunyosi; oʻziga xosligi.
-
Inson ruhiy olamining eng nozik nuqtalarini his etib, voqea va hodisalarning eng dolzarb jihatlarini badiiy aks ettirmogʻim lozim boʻladi. OʻTA
6. Biror soha, jabha.
-
Ilm olami. Siyosat olami.
-
U
-
endi Salimxondan koʻp soʻzlaydi, hatto Salimxonni siyosat olamiga sudraydi. A. Qahhor, Sarob
-
Fan olamida yangilik yaratish istagi uning qalbini qamray boshladi. S. Karomatov, Oltin qum
7. din. Bu dunyo; mavjud dunyo.
-
Olamdan oʻtmoq.
-
Qutbinisa onasi olamdan oʻtgandan buyon endi ohorli kiyim kiyishi edi. S. Ahmad, Ufq
olam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻn sakkiz ming olam
Yangi olam
-
Yangi olamga kirgan odamlarning hammasi oyogʻida eski olamning loyi bilan kirgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Umrini shaharda, shovqinli sexlarda oʻtkazgan bu yigit uchun qishloq mutlaqo yangi olam edi. S. Ahmad, Hukm
Bir olam
-
[Normat] 1940 yili [Moskvadagi] qishloq xoʻjalik vistavkasini koʻrgandayoq: — Vistavkaning oʻzi bir olam, — degan edi. I. Rahim, Chin muhabbat;
-
U Moskavadan bir olam taassurotlar bilan qaytdi. T. Ashurov, Oq ot
Boshqa olam
-
Ot esa tamom boshqa olam, ayniqsa mening qorabayirim. H. Gʻulom, Mashʼal
Jumla(i) olam
-
Oltin tuprogʻingda jumla olam bor. H. Gʻulom
Ikki olamda
Olam guliston
-
Hammasiga oʻsha moshak sababchi. Keling, deb telefon qilmaganda, olam guliston edi. N. Aminov, Qahqaha
Olamhodis
-
Olam hodis, qoʻlga tushib qolsang, soʻroq kezida aybni faqat oʻz boʻyningga olib, oraga meni qotishtirmaysan! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Olamga sigʻmay ketdi
-
Koʻrmaysizmi: suvning sharpasini eshitib, bechora [dehqon]lar olamga sigʻmay ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Parvardigori olam
-
Parvardigori olam duolarimizni mustajob qilgay.
Podshohi olam
Husn olami
-
Bu uza-tish (toʻy) majlisini jonli, ruhli oʻtkazmoq uchun barcha qizlar oʻzlarining eng asl, eng nafis kiyimlarini kiyib, favqulodda husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bezabdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
OLAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
olam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar