muzokara
bilan ulashing
1. Majlisda muhokamaga qoʻyilgan masala yuzasidan uz fikrini bayon qilish, shu munosabat bilan gapirilgan nutq, soʻz.
-
Maʼruza yuzasidan muzokara boshlamoq. Muzokaraga oʻtmoq.
-
Dokladdan keyin qizgʻin muzokara boshlanib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Muzokaraga qatnashgan xodimlar olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida oʻz mulohazalarini aytdilar. OʻTA
2. Shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fikr almashish.
-
Sulh haqida muzokara olib bormoq. Diplomatik muzokaralar.
-
Qudalar oʻrtasida roʻy beradigan anglashilmovchiliklar, janjallar aksar vaqt muzokara va murosa yoʻli bilan hal qilinadi. Oybek, Tanlangan asarlar
MUZOKARA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЗОКАРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muzokara so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar