muzla
bilan ulashing
1. Muzga aylanmoq, muz hosil qilmoq, muz qoplamoq.
-
Suv muzladi. Yer muzladi. Ariq muzladi.
-
Toʻsatdan togʻdan sovuq shamol esdi. Bilchirab yotgan dalada yoyilib yurgan qoʻy-qoʻzilarning tuyoqlari, junlariga yopishgan loy muzladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
yetti razvedkachi muzlagan daryo ustidan bildirmay oʻtdilar. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
2. Qattiq sovuq taʼsirida qotib qolmoq, toʻngmoq; yaxlamoq.
-
Qoʻlim muzlab qoldi.
-
Opang oʻrgilsin qoʻlingni ber! Voy, muzlab qolibsan-ku! A. Qahhor, Xotinlar
-
Yuragi siqilgan Anvar goh oʻtirib, goh yonboshlab, sovuqda muzlab ketgan mahsili oyogʻini turli vaziyatga solib koʻrar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. koʻchma. His-sezgisiz holga tushmoq; qotib qolmoq.
-
Qoʻrqqanimdan, butun vujudim muzlab, taxta boʻlib qoldim. E. Raimov, Ajab qishloq
MUZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan MUZLA so‘ziga berilgan ma’nolar
muzla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
muzla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar