qult
bilan ulashing
1. taql. s. Suyuqlikni yutganda yoki ogʻzi tor idishdan quyganda eshitiladigan tovushni bildiradi (asosan, etmoq yordamchi feʼli bilan yoki takror holda qoʻllanadi).
-
Qult etib piyoladagi suvdan ichdi.
-
Miryoqubning qovogʻi solindi, u ancha vaqtgacha gapirmay, qult-qult choy ichdi. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar
-
Shishani burniga yaqinlashtirib, qiziqsinib tikildi-yu, dast koʻtarib, qult-qult icha boshladi. A. Koʻchi-mov, Halqa
2. Umuman, tomogʻidagi bir narsani yutmoq; yutinmoq.
-
Alisher allanimani qult etib yutib, aqlining soʻziga kirishga jazm qildi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Yuzini chetga burib, chuqur uf tortdi, qult etib yutindi. A. Koʻchimov, Halqa
3. sheva, aynan Qultum.
-
— Men oʻylaymanki, — dedi Ergash, yana bir qult suv ichgandan keyin S. Ayniy, Qullar
QULT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qult so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar