quloqcho‘zma
bilan ulashing
1. etn. Bola tugʻilgandan keyin bir hafta oʻtgach beriladigan ziyofat va bu ziyofat vaqtida koʻzi yorigan xotin tishlab turgan ikkita nonni olib qochish (nonni birinchi boʻlib uzib olgan bola qochadi, boshqalari uni quvlaydi, qochgan bola ushlansa, quloqchoʻzma, deb uning qulogʻini choʻzadilar).
2. etn. Bekinmachoqqa oʻxshash bolalar oʻyini (bu oʻyinda bir bola marra poylaydi, qolganlari unga tutqizmasdan marraga yetib kelishga harakat qiladi, poyloqchi qaysi bolani quvib yetib, ushlab olsa, marragacha uning qulogʻidan choʻzib keladi).
-
Bolalar toʻda-toʻda boʻlib, oshiq quloqchoʻzma oʻynashadi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
3. Urishib, bir-biri bilan soʻzlashmay yurgan bolalarni quloqlaridan choʻzib, bir-birining nomini ayttirib yarashtirish.
4. Yomon ish qilgan bolaning qulogʻini choʻzib tanbeh berish.
-
Qaynona qoʻlidan yogʻliq choʻzma yegandan, Ona qoʻlidan quloqchoʻzma yegan yaxshi. Maqol
quloqcho‘zma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quloqchoʻzma qilmoq
-
[Alimov:] Oʻrinbosar boʻlgandan keyin baʼzan qoʻni-qoʻshni, er-u xotin oʻrtasida boʻladigan janjallarga aralashib, quloqchoʻzma qilmasak ham, har qalay, ikki tarafning oʻrtasiga tushgan sovuqchilikni koʻtarib, ularni yarashtirib qoʻyamiz. Mushtum
QULOQCHO‘ZMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛОҚЧЎЗМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quloqcho‘zma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar