quloch
bilan ulashing
1. Yelka balandligida kerilgan har ikki qoʻlning oʻrta barmoq uchlari orasidagi masofa (uzunlik oʻlchovi birligi sifatida).
-
Bir quloch arqon. Uch quloch yogʻoch.
-
Hasan soʻfi bu ahvolni koʻrib: — Eh-ha, bu yoq bir quloch past, u yoq bir yarim quloch chamasi baland boʻlsa, toza boʻlgan ekan ishlarimiz! — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Qulochning ikki qoʻl uchi birlashgan holati; quchoq.
-
Yerga choʻpni tiqib qoʻysang, koʻkarib, qulochga sigʻmas daraxt paydo boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
uyum-uyum toʻplab, keng qulochiga siqqancha koʻtarib tashimoqqa boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. kam qoʻll. Oʻlchami keng, katta.
-
U keng yagʻrinli, quloch koʻkrakli, butun dov jussasidan quvvat barq urardi. Oybek, Navoiy
-
Stepan bulgʻori etikning quloch qadamlariga zoʻrgʻa yetib yurardi. A. Muxtor, Qora-qalpoq qissasi
quloch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tili bir quloch
-
— Hm, ogʻzaki botirlar, soʻllasinlar! — xonning masxaraomuz tovushi eshitildi. — Tillaring bir quloch S. Siyoyev, Avaz
Quloch yozmoq (yoki yoymoq)
-
Alvasti qiyofasiga kirgan bir ayol qulochlarini yozgan holda koʻchaning chap tomoniga qarab yugura ketdi. Gʻ. Rasul, Toʻngʻich oʻgʻil
-
Pirnafas aka qulochini yozib, kuchi boricha sanchqini otdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Polvon azamat qulochlarini yoyib, ogʻir kerishdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Uy-joy qurilishi keng quloch yoydi.
-
Proza hali keng quloch yozmagan davrlarda uning rolini poeziya bajarib kelgan. OʻTA
-
Daryo, anhor oqsin choʻl sari, Quloch yozsin dunyo bogʻlari. Q. Muhammadiy
-
Xalq deputatlarining tashabbusi ham keng quloch yoydi. Gazetadan
-
Kolxoz oblastdan kelgan keksa, tajribali oʻqituvchini quloch yozib qarshi oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Quloch otmoq
-
Mansur., oqimga qarshi quloch otib suzardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Qiz temir qoziq bilan zang urdi, ovqatga chorlovchi sado uzoqlarga quloch otdi. T. Rasulov, Sarbon
Quloch tortmoq
-
[Unsin] Tagiga kichkina kursi qoʻyib, oyoqlariga dazgil chalmashtirib, epchil quloch tortardi. Oybek, Tanlangan asarlar
Quloch urmoq
-
Anhor toʻla qon. Avaz lopillab oqib ketyapti. Quloch urib, sohilga intiladi. S. Siyoyev, Avaz
QULOCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛОЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quloch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar