qulochkash
bilan ulashing
1. Qulochkash qilib Qulochini yozib, qulochkashlab.
-
Xushmoʻylov yigit qulochkash qilib ofitserning kallasiga solmoqchi edi, Ahmadjon qoʻlini tutdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. koʻchma Juda uzun, uzundan-uzun; juda keng.
-
Majlisda nutq qulochkash, Sayrar tomoqni qoqlab, Mashinadan boʻlib gʻash, Koʻlda terishni yoqlab. S. Abdulla
-
Har bir qulochkash sheʼr aruz boʻlavermaganday, har bir sheʼr ham qoʻshiq boʻlavermaydi. T. Toʻla, Qalbdan kuylayman
3. koʻchma Quchoqqa sigʻmaydigan, yoʻgʻon; qalin.
-
Yov qoʻrgʻonini qamal qilib, uning qulochkash baland devorlari yoniga chodir tashlagan qoʻshin kabi, odamlar togʻ etagiga toʻlib ketdilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
QULOCHKASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛОЧКАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qulochkash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar