odmi
bilan ulashing
1. Rangi-tusi, guli koʻzga yaqqol tashlanmaydigan; sodda, sipo.
-
Odmi chit. Odmi koʻylak. Odmi kiyinmoq.
-
Yosh juvonlar gajak qoʻyib, keksaroqlari soch farqini toʻgʻri ochib, odmigina kiyinib, konsertga joʻnab ketishdi. S. Ahmad, Ufq
-
Oʻzbek oyim toʻyga boradigan xotinlardek yasangan, egnida odmi xonatlas koʻylak, boshida oq shohi dakana, koʻzida surma edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. koʻchma Oddiy, sodda, kamtar.
-
Odmi odam. Odmi gap.
-
Elomonov atrofga koʻz yugurtirdi. Xona odmiroq ekan. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari.
ODMI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОДМИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
odmi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ODMI so‘ziga berilgan ma’nolar
odmi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar