odim
bilan ulashing
1. Olgʻa yoki orqaga, oʻng yoki soʻlga oyoq tashlab qilingan harakat; qadam.
-
Koʻchaning burilishida yana bir oz uning [Otabekning] odimlari sekinlashsa ham, lekin oldinlashni qoʻymay boraverdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Bir qadam oraligʻidagi masofa; shu masofaga teng oʻlchov birligi.
-
Bir odim. Oramiz ikki odimcha keladi.
-
Boyning darvozasidan yigirma odim naridagi eski, kichkina eshik kishining gʻashini keltiruvchi tovush chiqarib ochiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Oʻsish, rivojlanish surʼati.
-
Qayta qurishning odimlari tobora shiddatkor boʻlib boryapti. Gazetadan
4. koʻchma Harakat, qadam olish, yurish-turish.
-
Uning odimi bejo!
odim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Odim olmoq
-
Birga odim oldik choʻqqilar sari. T. Toʻla.
Odim otmoq (yoki tashlamoq)
-
Barchinoy langarni mahkam ushlab, ohista odim otgan kuyi, tobora ilgarilayverdi. Odamlar uning har bir qadamini hadikli bir hayrat bilan kuzatishardi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Istiqbol sari ishonch bilan odim tashlamoq.
Odim qoʻymoq
-
Bola odim qoʻyib ketyapti;
-
Yu. Gagarin tarixda birinchi boʻlib kosmosga odim qoʻydi.
Odimini boʻshashtirmoq
-
Yoʻl boshlovchi parvoyi falak, barxan oshib, ilgarilab borardi. Xuddi jon kerak boʻlsa, yetib olsin deganday, odimini boʻshashtirmaydi. M. Mansurov, Yombi
Odimini tezlatmoq
Bir odim
-
Boshqalar uchun uzoq, juda uzoq tuyulgan rayon markazi uning uchun bir odim — na qish izgʻirinini biladi, na saraton jaziramasini. N. Norqulov, Toʻqnashuv
Odimda, odim joyda (yoki sayin)
-
Odimda choyxona.
-
[Otabek va Ali] Odim sayin bir oʻlikka uchrar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Odimni sanab bosmoq
-
[Otabek] Odimini sanab bosish, bir choʻqib sakkiz yoqqa qarash kabi ehtiyotliklarga oʻrganib qolgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ODIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОДИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ODIM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ODIM so‘ziga berilgan ma’nolar
odim so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
odim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar