oddiy
bilan ulashing
1. Odatdagi, har vaqt boʻlib, uchrab turadigan, oʻrganish boʻlib qolgan.
-
Oddiy mashgʻulot. Oddiy yoz tongi.
-
Quyosh Kalhovuz suvi boʻylab oʻsgan qalin tollarning uchida oʻynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib oʻtkazdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Anglashilishi, hal etilishi oson, uncha murakkab boʻlmagan; oson, joʻn.
-
Oddiy savol. Oddiy masala.
-
Biz, kattalar, koʻpincha oddiy haqiqatni unutamiz, yoshlarga ishonchsizlik bilan muomala qilamiz. Gazetadan
-
Naynov oddiy narsaga ham aqli yetmagani alam qilib, yana sigaretaga yopishdi. F. Musajonov, Himmat
3. Koʻp qatoridagi, boshqalardan alohida ajralib turmaydigan.
-
Bir vaqt oʻrtaga sochlari oʻsgan, oʻziga ortiqcha eʼtibor qilmay, oddiygina kiyingan bir yosh shoir chiqib, muhabbat haqida sheʼr oʻqiy boshladi. Shukrullo, Saylanma
4. Sifat jihatidan aytarli yaxshi emas; joʻn; sodda, hashamdor emas.
-
Oddiy chit.
-
Gulnor oddiy qizil koʻzli kumush uzukni choʻntagidan olib, Unsinga berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Salim akaning tepalikdagi uyi oddiy qishloq uylaridan boʻlib, tashqaridan toʻgʻri uyga kirilardi. Yoshlik
5. Kamtar, kamsuqum, odmi.
-
Oddiy odam.
6. Shunchaki, nomiga.
-
Bir haftadan keyin qiz Jamolzodaning ustaxonasiga tashrif buyurdi. U Koʻkkoʻl tongini koʻrib, ogʻzi ochilib qoldi. Oʻshanda koʻrgani hozirgi polotnoning oldida oddiy ermak edi. Yoshlik
oddiy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oddiy askar
-
Oddiy kasr ( mat.
Oddiy moddalar
ODDIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОДДИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oddiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar