odat
bilan ulashing
1. Oʻrganish boʻlib qolgan harakat, qiliq.
-
Yaxshi odat. Yomon odat. Sening odating menga maʼlum. Bu otning tishlaydigan odati bor. Odat qilmoq.
-
Tarki odat — amri mahol. Maqol
-
Hasanalining ortiqcha berilib oʻylagan kezda soqolini qayirib tishlaydigan bir odati boʻlib, hozir ham soqolini yamlash bilan mashgʻul edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Har qanday yerga soʻramay-netmay kirib boraverish oqsoqolga odat edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Ota-bobodan qolib kelayotgan va kishilarga singib ketgan yoki yangidan singib borayotgan rasm-rusum, udum, tartib.
-
Eski odat.
-
Yilni oʻn ikki hayvon nomi bilan atash odati va 12 yillik davr bilan vaqt hisoblash anʼanasiga Qadimgi Xitoyda asos solingan. Fan va turmush
-
Ertalab, odat boʻyicha, Nuri toʻr roʻmol yopinib, beshikdagi boladan to keksalarga qadar — hammaga salom qilar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hatto shunday bir odat borki, kimdir vafot qilsa, uning tobutini koʻtarish oldidan, albatta, koʻpchilik oʻrtasida, marhumning olgan-bergani bormi, deb soʻraladi. Shukrullo, Saylanma
odat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Odatdan tashqari
-
Saman yoʻrgʻa yoʻlga tushdi, choviga odatdan tashqari bir-ikki qayta kelib tushgan achchiq qamchi zarbidan bir onda koʻzdan gʻoyib boʻlib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ODAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОДАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
odat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar