odamshavanda
bilan ulashing
1. Odamning qadriga yetadigan, kishining hurmatini bajo keltiradigan; odamoxun.
-
Odamshavanda yigit.
-
— Naziraxon juda odamshavanda, yaxshi qiz ekan, shu qizni kelin qilsak qanday, boʻlarkin, — dedi Saodat. F. Musajonov, Yaxshi qiz
2. koʻchma Odamga oʻxshagan, odam qatoridagi.
-
Kolxoz tuzilgandan beri avvalda xor-zor boʻlib yurgan birmuncha batrak., odamshavanda boʻlib, qatorga kirib qolgan. H. Shams, Xarakteristika
-
Endi odamshavanda soʻzlashaylik, yigʻi nima hojat! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
odamshavanda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Odamshavanda qilmoq
-
Xullas, mulla Obidni boshqa epaqaga olish, odamshavanda qilish Tiktepa mehnatkashlari uchun arzonga tushmadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
ODAMSHAVANDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОДАМШАВАНДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
odamshavanda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar