buqoq
bilan ulashing
1. tibbiy Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasida ushbu bezning kattalashuvi bilan bogʻliq kasallik; shu kasallik natijasida kattalashgan qalqonsimon bez.
-
Men juda-a charchaganman, bilasiz. Oldin shu sabil buqogʻimni davolatib olsaydim. S. Nurov, Narvoy
-
Malohatning koʻk piyoladan koʻra kichikroq buqogʻi boʻlib, shuni oʻtgan yil kuzda kestirgan ekan. A. Qahhor, Jonfigʻon
-
Nusratbek uning tomogʻidagi buqogʻiga qarab qoldi. S. Nurov, Narvoy
2. Shu kasallikka yoʻliqqan, qalqonsimon bezi kattalashgan odam.
-
Salim buqoq. Hey, buqoq, bu yoqqa qara!
3. Daraxt tanasining zararlanishi natijasida unda hosil boʻlgan shish, gʻurra.
-
Yongʻoq buqogʻi.
BUQOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУҚОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buqoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar