bur
bilan ulashing
1. Harakat yoʻnalishini oʻzgartirmoq, bir tomonga qayirmoq.
-
Chavandoz otini orqaga burib, suv oqimiga qarab ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Asror koʻp oʻylab oʻtirmay, yoʻlni Qamariddinnikiga burdi. Yoshlik
-
Agar suv shu qiyalikdan oqadigan boʻlsa, uni toʻsib ham, burib ham boʻlmaydi. S. Ahmad, Ufq
2. Biror tomonga oʻgirmoq, qaratmoq.
-
Salimboyvachcha achchiqlanib, yuzini teskari burdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Jahongir bu qarashga dosh berolmay, yuzini burdi. Sharq yulduzi
-
Domla boʻynini shartta burib, Elmurodga tikildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Besh-olti qari sigir tumshugʻini burib, yotgan yerida dumini likillatib qoʻya qoldi. Mushtum
3. koʻchma Yoʻnaltirmoq, qaratmoq; ogʻdirmoq, moyil qilmoq.
-
Yosh koʻngilning maylini Ishga buraman. Gʻayratiy
-
Nima qilay, uzoq gapirdim, Tushunchangni har tomon burdim. H. Olimjon, Tanlangan asarlar
4. Burmalanadigan narsani yoyiq holidan burma holiga keltirmoq, yigʻmoq.
-
Xaltaning ogʻzini burmoq.
-
Ziyodaxon qopning ogʻzini yana burib qoʻydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Aylantirmoq, boshqarmoq.
-
Mashina rulini burib, Tonna toʻkar Qizlaroy. Qoʻshiqlar
6. Siqmoq; chimchilamoq.
-
Qoʻlini burab-burab oldi.
-
Oltin uzuk barmogʻimni buradi, Bir yigit bor yoʻllarimda turadi. Qoʻshiqlar
bur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapni (yoki soʻzni) burmoq
-
Mulozamat shu yerga yetganda, Razzoq gapni boshqa yoqqa burib yubordi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
qizlar birpas jim boʻlib qolishdi. Keyin Oʻrozgul opa gapni burib ketdi. Yoshlik
-
Otaxoʻja aka otaning sir berib qoʻyishidan choʻchib, gapni burdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Soʻzimni burmang, Rahimjon aka! Bu nomardlik boʻladi! O. Yoqubov, Chin muhabbat
Boʻyin burmaslik
-
Siz, ustod, bir nima desangiz, biz boʻyin burgan emasmiz. Mirmuhsin, Meʼmor
-
bularning barchasi boyvachchaning yetoviga hech boʻyin burmay yurishadi uning zulm boltasini qayrab berishdan charchashmaydi. K. Yashin, Hamza
Labini burmoq
-
Xotini qalin boʻyalgan lablarini asabiy burdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Oyim ishonmay, labini burdi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Abdishukur shu ham gapmi deganday, labini burdi. Oybek, Tanlangan asarlar
BUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar