mustaqil
bilan ulashing
1. Ixtiyori oʻzida boʻlgan; tobe, qaram boʻlmagan.
-
Mustaqil davlat.
-
Normuhammad qushbegi Qoʻqondan bosh tovlab, oʻz oldiga mustaqil hukumat eʼlon qilgan boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Oʻzganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila oladigan, oʻzicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan.
-
Doʻstlarining jilmaygan yuzlari uning [Elmurodning] hech qachon xayoliga kelmagan bir fikrni shivirlayotgandek boʻldi: Biz endi jiddiy va mustaqil odamlarmiz deyayotganday tuyuldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Endi u oʻzini mustaqil hayot yoʻliga qadam qoʻygan mustaqil bir kishi deb hisobladi. S. Ahmad, Hukm
3. Faqat oʻziga taalluqli, oʻzgalar ishtirokisiz, taʼsirisiz boʻladigan.
-
Oʻzining qiziqib, mustaqil shugʻullanishi natijasida bu tilni oʻqituvchisi bilan gaplasha oladigan darajada bilib oldi. Mirmuhsin, Umid
-
Mening gapim shu: mustaqil fikringiz boʻlsa, yana oʻylab koʻring. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
uchala shogirdidan ham mingdan-ming rozi ekanini aytdi, endi mustaqil ish qilaverishlaringiz mumkin, deb fotiha ham berdi. Mirmuhsin, Meʼmor
mustaqil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mustaqil soʻz
MUSTAQIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУСТАҚИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mustaqil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar