mustahkam
bilan ulashing
1. Buzilish, uzilish, qulash va shu kabilar jihatdan chidamli; pishiq-puxta, mahkam.
-
Mustahkam imorat. Mustahkam poydevor.
-
Andijon qalʼasi mustahkam. Bobur mirzo u yerda boʻlsa, qalʼa yanada mustahkam boʻlur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Mustahkam temir ustunlarga tortilgan poʻlat arqon kuchli motorlar yordamida bir maromda harakatga kelib turibdi. Gazetadan
2. koʻchma Oʻz xususiyati, mohiyati va shu kabilar jihatdan oʻzgarishga, buzilishga, aynishga chidamli; barqaror, aynimas.
-
Mustahkam intizom. Mustahkam doʻstlik. Mustahkam aloqa. Mustahkam iroda,
-
Asabi temirdan va ruhiyati nihoyatda mustahkam kishilardan akvanavtlar tayyorlanadi. Fan va turmush
-
Imoniga, diniga mustahkam, pokiza odam bor joydan ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. S. Ahmad, Hukm
MUSTAHKAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУСТАҲКАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mustahkam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar