musofir
bilan ulashing
1. Safardagi kishi; sayyoh.
-
Har shahardan har shaharga yuramiz, Bir musofir bizlar gado boʻlamiz. Shirin bilan Shakar
-
Boy mehmonxonaga kirganda, musofir yostiqqa bosh qoʻyib uyquga ketgan, bahuzur yoʻl hordigʻini chiqarayotgan edi. U. Ismoiliy, Saylanma
2. Boshqa yerdan kelgan yoki boshqa yerda yashovchi; kelgindi.
-
Bundan oʻn sakkiz yil burun bu qishloqning bir burchagida musofir bir temirchi boʻlar edi. A. Qahhor, Sarob
-
Qizimni musofirga bermayman, deb qoʻyarmikan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. so‘zlashuv tili Oʻzga, yot (el-yurt haqida).
-
— Rahmatli otam musofir ellarda mening nima boʻlishimni ham oʻylamaganmikan? — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o
-
Biz uzoq judolikdan keyin musofir yurtda uchrashgan aka-ukalardek quchoqlashib ketdik. O. Yoqubov, Izlayman
MUSOFIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУСОФИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan MUSOFIR so‘ziga berilgan ma’nolar
musofir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
musofir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing