mustahkamla
bilan ulashing
1. Mustahkam qilmoq, mahkamlamoq.
-
Eshikni mustahkamlamoq.
-
Shuning uchun nemislar bu rayonni qariyb ikki yil davomida tinmay mustahkamlagan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
2. koʻchma Barqaror qilmoq, jipslashtirmoq.
-
Istiqlolimizni saqlab qolish va mustahkamlash uchun kurash—muttasil davom etadigan oʻta masʼuliyatli va murakkab jarayon. Gazetadan
-
Komplekslar, fermerlarni malakali kadrlar bilan mustahkamlash choralarini koʻrish kerak. Gazetadan
3. Puxtalamoq, puxta oʻzlashtirib olmoq.
-
Oʻtilgan darsni mustahkamlamoq.
-
Har narsani gapiravermang, hunaringizni mustahkamlang, uquvli boʻling. T. Obidov, Yusufjon qiziq
MUSTAHKAMLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУСТАҲКАМЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mustahkamla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar