burda
bilan ulashing
Kichik parcha, boʻlak (non, goʻsht va shu kabilar haqida).
-
Bir burda patir. Koʻpchilik bir mushtdan ursa, oʻldiradi, bir burdadan bersa, toʻydiradi. Maqol
-
Ertalab turib, bir burda non bilan bir piyola qatiq ichdim, keyin qaynatamnikiga joʻnadim. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Mana, goʻja ham tayyor: unda na yogʻ bor va na bir burda goʻsht. J. Sharipov, Xorazm
-
Mana, koʻring, koʻylaklarini bir burdadan qilib tashlabdi-ya! Sharq yulduzi
burda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir burda boʻlib qolmoq
-
— Rustam aka, Azizani shu kunda koʻrsangiz, bir burda boʻlib qoldi, — dedi achinib Muhabbat. V. Gʻofurov, Vafodor
-
Sayd otasining yelka-lari choʻkib, yuzlari bir burda boʻlib qolganini payqadi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
Bir burda yer (togʻ va boshqalar)
-
bir burda togʻ qulasa, butun boshli qishloq aholisi tabiatning bu beboshligidan tang qolardi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
Bir burda odam (yuz va boshqalar)
-
Endi u butun umidini hali koʻzlarini ochmagan bir burdagina qizaloqqa qoʻygan. Yo. Xaimov va M. Rahmon, Hayot-mamot
-
bobo ayvon peshiga omonatgina choʻnqayib, xotinining bir burdagina soʻlgʻin yuziga tikildi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
Ham xoʻrdani, ham burdani urmoq
-
Ayniqsa, fartukli kishilarning sersoqoli ham xoʻrdani, ham burdani uradigan koʻrinadi. Mushtum
BURDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar