burd
bilan ulashing
Ishonchga sazovorlik, tayinlilik, rostlik; eʼtibor, obroʻ.
-
Gʻiybatchining burdi boʻlmas, Tuhmatchining yuzi boʻlmas. Maqol
-
Nigora tuhmat gaplarga ishonadi: Sherbek uning uchun bevafo, burdi yoʻq. S. Anorboyev, Oqsoy
burd soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burdi yoʻq
-
Burdi yoʻq odam. Xalq oldida burchi yoʻqning burdi yoʻq. R. Jumaniyozov, Soʻz koʻrki — maqol
Burdi ketmoq (yoki qolmaslik)
-
— Menga qara, — dedi Rajab bobo [Hojimatga], — bir burding ketgandan keyin, hech kim seni odam qatorida koʻrmay qoʻyadi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Soʻz berdingmi, uni, albatta, bajarish kerak. Yoʻqsa, burding qolmaydi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Hosil moʻl, tobida silos qilmasak, shirasi kamayib, burdi ketadi. F. Nurullayev, Boʻz yigit
-
Qishloqdagi koʻpchilik imoratlar eskirib, burdi ketib qolgan, bunday yomgʻirlarga bardosh berolmas edi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Fotima opa uning burdi ketib qolgan yirtiq botinkasini eski choʻtka bilan moylamoqda. R. Fayziy, Sen yetim emassan
BURD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burd so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar