burga
bilan ulashing
1. Sakrab yuradigan, qon soʻruvchi, qanotsiz mayda hasharot.
-
Burga tutishga ham barmoq hoʻllash kerak. Maqol
-
Shu payt oʻchakishgandek yelkasida, kuraklari ostida chumolimi, burgami oʻrmalay boshladi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. Burga tepdi Yengil, oʻtkinchi kasalga du-chor boʻldi.
-
Burga tepdi, shekilli, vrachlarni picha bezovta qilib qoʻydik. "Mushtum"
-
Qalay, tuzukmisiz, ancha-munchaga soʻz bermas edingiz, nima boʻldi oʻzi, yo bu safar burganing kattasi tepdimi, deyman-a? T. Ashurov, Oqot
burga soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burganing koʻzini koʻrgan
-
Burganing koʻzini koʻrgan odam,
-
Trebenko oʻz atrofiga Pruglo singari burganing koʻzini koʻrgan qal-loblarni toʻtay boshladi. "Mushtum"
Burgaga achchiq qilmoq
-
Keyin ham burgaga achchiq qilib, olti yashar qizchasini qaynonasiga qoldirib, turmush quribketgan. "Mushtum"
-
Axir burgaga achchiq qshshb, koʻrpa kuydirish yaramaydi. Mirmuhsin, Umid
BURGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar