buril
bilan ulashing
1. Burmoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
-
Oʻngga burilmoq.
-
Jahon oʻrnidan turdi-da, eshikka qarab burildi. Yoshlik
-
Izvosh koʻchadan oʻtgach, oʻngga burilib, toʻxtadi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Oʻgirilmoq, oʻgirilib qaramoq.
-
Qizcha yotsirab, qovogʻini solib, teskari burildi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Hokimning koʻzi xotin tomonga burildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sigir oʻqtin-oʻqtin yoniga burilib, buzoqni yalar, pishillardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. so‘zlashuv tili Araz qilmoq, araz qilib tumtayib olmoq.
-
Uyat emasmi, kelin? Kecha kelding surilib, bugun ketgin burilib. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Koʻpincha suv tashiydigan odam topilmay, suvsiz oʻtiramiz,— Nuri yana burildi. Oybek, Tanlangan asarlar
buril soʻzi qatnashgan jumlalar:
Labi burilmoq
-
Bola onasiga koʻzi tushishi hamon, belangan oyoq-qoʻlini pitillatgancha, boʻshatishga urindi. Biroq uddasidan chiqolmagach lablari burilib, yigʻlab yubordi. Yoshlik
BURIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BURIL so‘ziga berilgan ma’nolar
buril so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
buril so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar