burgut
bilan ulashing
1. Qarchigʻaysimonlar (lochinsimonlar) oilasiga mansub katta yirtqich ovchi qush.
-
Burgut — ancha yirik, chaqqon va kuchli qush. Fan va turmush
-
Xalqimizda burgutning kuchi — qanotida, odamning kuchi — doʻstligida, degan gap bor. Gazetadan
2. koʻchma Yirtqich, yovuz (odam haqida.
-
Oʻzi muloyim koʻringani bilan, changalidan chayon ham omon chiqolmaydigan burgut bu qori! I. Rahim, Chin muhabbat
-
Xotinlarning erkiga chang solgan bir burgutdan xayrli bir ish kutish mumkinmi? Gazetadan
-
Men kabutar boʻlsam, ul bir burgutdir, Men mushtipar boʻlsam, ul bir yigitdir. Malikayi ayyor
3. koʻchma Jasur, qaytmas, epchil.
-
Mirzo, siz sarkarda Yoqubbekning burgutlari bilan soʻl qanotda borsangiz. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ish koʻrsatmay oʻlish nomard ishidir, Burgutlarim, kelib bergin maslahat. Nurali
burgut soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burgut boqish qilmoq
-
Bobom burgut boqish qilib menga qaradilar. S. Ahmad, Yulduz
astronomiya Osmon ekvatori atrofida Delfin, Qavs, Dalv yulduz turkumlari oraligʻida joylashgan yulduzlar turkumi.
BURGUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРГУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burgut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar