flyaga
bilan ulashing
1. Yelkaga, kamarga osib yoki choʻntakda olib yuriladigan kichik yapaloq suvdon.
-
Har kuni ertalab, yoʻlga chiqishda olinadigan bir flyaga suz sal oʻtmasdanoq isib qoladi. O. Yoqubov, Izlayman
-
Orif flyagasidagi oxirgi qultumni yaradorning suvsizlikdan tarsillab yorilib ketgan labiga tutdi. A. Eshonov, Tongotar taronasi
2. Suyuq narsalar (sut, yogʻ va shu kabilar) ni saqlash yoki tashish uchun ishlatiladigan, bandli katta idish.
-
Sut quyiladigan flyaga.
-
Xotin-xalaj daladan chiqib, oʻchoq boshidagi katta flyagadan choʻmichlab suv icha boshladi. S. Siyoyev, Otliq ayol
FLYAGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФЛЯГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan FLYAGA so‘ziga berilgan ma’nolar
flyaga so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
flyaga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar