yo‘qla
bilan ulashing
1. Hol-ahvol soʻragani bormoq yoki kelmoq.
-
Kasalni yoʻqlab bormoq.
-
Sizdan umidim shumidi, ulugʻ, nahot holing ne, deb biror marta yoʻqlab kelmasangiz. S. Ahmad, Hukm
-
Rahmat, Eʼtibor ona, shundan-shunga ovora boʻlib yoʻqlab kelibsiz!\. Gʻulom, Mashʼal
2. etn. Biror munosabat bilan muborakbod qilib, sovgʻa olib bormoq.
-
Chaqaloqni yoʻqlab bormoq.
-
Yusuf amaki bot-bot kelar, qizi qatori meni ham sovgʻalar bilan yoʻqlab turardi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
3. Biror narsa yoki kimsani istab surishtirmoq, axtarmoq, soʻramoq.
-
Mirzakarimboy shubha bilan boqib soʻradi: — Keling, kimni yoʻqlab keldingiz bu yerga? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bek inqilob boʻlgan yili Rahim domlani yoʻqlab, machitga kelganini esladi. H. Gʻulom, Mashʼal
4. Eslamoq, yodga olmoq.
-
Namangan shahridan ketsam, meni yoʻqlar kishim bormu? Mashrab
-
Biz ularni yoʻqlasak, ular bizni eslaydilar. N. Safarov, Hayot maktabi
-
Kelur oxir seni ham yoʻqlagudek bir zamon yaxshi. Muqimiy
-
— Katta qiz boʻlib yuribsizmi?-Shukur Hozirgina yoʻqlab turgan edig-a. N. Safarov, Tanlangan asarlar
yo‘qla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻrni yoʻqlandi
-
Elmurod Rashidning oldidan qaytgach, ortiqcha qaygʻurmasa ham, nima uchundir uch-toʻrt kundan keyin uning oʻrni yoʻqlandi. Shuhrat, Shinelli yillar
YO‘QLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘qla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar