qichi
bilan ulashing
1. Qichigʻi qoʻzgʻamoq (
-
Uning aʼzoyi badani qichiyapti. Yarasi qichiyapti. Koʻzim qichiyapti.
-
Ikkovimiz ham bir tunab ketgani kelamiz. Orqang qichisa, kimga qashlatishni bilmasang S. Siyoyev, Otliq ayol
2. Qashimoq; qichinmoq.
-
Oyoqlarini qichib qonatib yuboribdi.
qichi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tili (yoki ogʻzi) qichimoq
Tomogʻi qichimoq
-
Montyor Joʻrayevning tomogʻi qichigan kuni biror kishining simini shartta uzib, uyiga kirib ketadi. Mushtum
-
Arizalar koʻpligidan foydalangan Inogʻomning tomogʻi qichib, yer oʻlchab berishga tarang qiladigan boʻldi. Mushtum
Qoʻli qichimoq
-
Xotin kishini nomard uradi, qoʻling qichisa, oʻzingga oʻxshagan qoʻli qichiganni topib mushtlash A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Qilichboz yigitlarning yuraklari toshib, qoʻllari qichib, jangni qoʻmsar, boʻronli kunlarni kutib sabrsizlanardilar. Oybek, Navoiy
QICHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qichi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar