qichiq
bilan ulashing
1. Qichinishga majbur qiladigan his-tuygʻu.
-
Aʼzoyi badanimga qichiq turdi. Yaraning qichigʻi bosildi.
-
Bu hodisa kaptimning qichigʻini ilgari bosib qoʻydi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. koʻchma Yengib boʻlmaydigan kuchli xohish, istak.
-
Qichigʻini bos(tir)moq.
3. koʻchma Kishini oʻziga tortish, hissiyotini uygʻotish uchun qilinadigan shoʻx harakat, qiliq; noz-ishva, karashma, gʻamza.
-
— Qiziq, — koʻzlarini qichiq suzib, xotin gapira boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
qichiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qichiq atlas
-
Shu vaqt eshik ochilib, juvon kirib keldi. Ustida oʻsha qichiq atlas koʻylagi, faqat yengini shimarib qoʻyibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
QICHIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЧИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qichiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar