qishloqi
bilan ulashing
1. s.t. esk. Qishloqda tugʻilib oʻsgan, qishloqcha hayot kechiradigan, shaharga xos muomala va boshqalarni bilmaydigan.
-
Bu kishining qoʻltiqbardorlari bir qishloqi mullavachcha edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
U Mirzakarimboy hozirgina yodiga olgan qishloqi Xushroʻybibini ham, kutilmagan vaqtda yoʻqlab kelgan bu arslonday qishloqi jiyanchani ham unutgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gapining qoʻrsligi, muomalasining sovuqligi uchun qishloqilar uni Soli sovuq deb atardilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. kam qo‘llanadigan, aynan Qishloqlik.
QISHLOQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИШЛОҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qishloqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar