qishlik
bilan ulashing
1. Qishga moslangan, qish uchun belgilangan, qishda ishlatiladigan yoki ishlaydigan; qishki.
-
Qishlik kiyim. Qishlik sport saroyi.
-
Xoʻjalikka kerakli binolar, hammom, qishlik bogʻcha, qishlik choyxona muddatidan ancha burun bitdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Koʻcha-koʻyda yakkam-dukkam uchrab qoladigan odamlar ham qishlik libosda. S. Karomatov, Oltin qum
2. Qish davomida yeyish-ichish, ishlatish uchun yetarli narsa.
-
Qishligini yozda gʻamlab qoʻymoq.
-
Mulla Obidoʻn uch kun deganda, besh tanob yerni chopib, yerni qip-qizil shudgorga aylantiradi, bir chetga xirmon kabi gʻumay va ajriqlarni yigʻib, bir qishlik oʻtinni ham oladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
[Yormat:] Yaxshilab chopasan. Yarmiga sabzi, yarmiga kartoshka ekasan. Shu bilan qishligimiz bemalol chiqadi. Oybek, Tanlangan asarlar
QISHLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИШЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qishlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar