qichqir
bilan ulashing
1. Juda kuchli, jarangli ovoz chiqarmoq; baqirmoq.
-
— Yolgʻon! — Gʻulomjon dahshatli qichqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Poyezd qichqirganini eshitib, yuragim bir orziqib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Qattiq ovoz bilan chaqirmoq.
-
Poyezdning ochiq derazasidan kimdir Abdurahmon, deb qichqirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Chaqirmoq (xoʻrozning tovushi haqida).
-
Qoʻndoqdagi xoʻroz choʻzib-choʻzib qichqirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. koʻchma Hammaga ovoza qilmoq, jar solmoq.
-
Masʼul ishchilarning shu chiqishlari toʻgʻrisida gazetalar bir necha haftalargacha qichqirdi. A. Qahhor, Sarob
qichqir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xoʻroz hamma joyda bir xil qichqiradi
-
Hamma joyda xoʻroz bir xil qichqiradi, deganlari rost ekan. Bizda ham shunday. Mushtum
QICHQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЧҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qichqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar