pat
bilan ulashing
1. Parrandaning dum va qanotlarini tashkil qilgan, muguzsimon uzun naychaning ikki yonida ikki qator boʻlib oʻsib chiqadigan parlardan iborat aʼzosi.
-
Tovuq pati.
-
Said Amin soʻyilgan oʻntacha bedanani oldiga uyib qoʻyib, patlarini yulmoqda. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Tovus patidan yasalgan yelpigʻichi bilan chiroyli yuzini yelpib-yelpib qoʻyadi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. Mato, gilam va shu kabilarning yuzini qoplagan sunʼiy tuk.
-
Uy oʻrtasidagi sandal ustida isqirt koʻrpa, yerda pati toʻzib ketgan eski gilam, kichik bir sholcha toʻshalgan. N. Safarov, Olovli izlar
-
Choʻqqi soqol, boshiga pati toʻzib ketgan surmarang duxoba doʻppi kiygan, koʻzoynakli, oltmish yoshlardagi chol velosiped minib kelib qoldi. S. Ahmad, Choʻl burguti
pat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pati toʻzimoq
-
Ular [samolyotlar] orqasidan toʻzonli iz qoldirib, oʻqday uchib borar, momiq bulutlarning patini toʻzitib, olgʻa parvoz etar, ammo ovozi eshitilmas edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Asaringni bugun bosishmasa, ertaga bosishadi. Naziriyning bitta taʼnasiga dosh berolmay, pating toʻzib ketdi-ya! Eh, afsus! Shu oʻrinda jindak xudbinlik qilding. K. Yashin, Hamza
Patini yulmoq
Qitiq patiga tegmoq
-
Ayniqsa, Gʻafur Gʻulomning gaplari baʼzilarning qitiq patiga tegib, oʻylantirib qoʻydi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Bir majlisda ham Sharif Rustamovich birovlarning qitiq patiga tegadigan soʻzlarni aytgandi. O. Muxtorov, Egilgan bosh
Qitiq patini yulmoq
-
[Berdi:] Men bularingning qitiq patini yulib, rom qilib olmoqchiman! A. Qodiriy, Obid ketmon
Qitiq patini oʻldirmoq
-
Buning qitiq patini oʻldirib, rom qilib olishim kerak, degan fikr yalt etib oʻtdi uning miyasidan. K. Yashin, Hamza
Shaxmatda: oʻyin durang hisoblanadigan holatlarning biri, pot.
-
Oʻyin pat boʻldi.
PAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar