pastqam
bilan ulashing
1. Kishi nazari tushmaydigan; odamlar kam boʻladigan; xilvat, odamdan xoli joy, ovloq.
-
Har zamon-har zamonda obkashli kishilarning pastqam koʻchalarda gʻizillab ketayotganini uchratish mumkin edi. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar
-
Hozir dod solaman, boshimga odam yigʻib, melisa meni pastqamga opkelib, pora soʻrayapti, deyman. S. Ahmad, Ufq
-
Gʻozga qarab kampir oʻgʻli joʻnadi. Pastqamdan panalab ketib boradi. Alpomish
2. sheva Uncha baland boʻlmagan, pastak, past va koʻrimsiz (uy yoki bino haqida).
-
Oʻtgan [oʻttizinchi] yillardagi uylar pastqam, diqqinafas guvala uy, somon tomlar edi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Oʻz sheʼrining pastqam uylarda jaranglaganidan Avaz benihoya xursand, bu narsa unga yana ilhom bagʻishlar edi. J. Sharipov, Xorazm
3. Tevarak-atrofga nisbatan past, chuqur.
-
Pastqam jar labida shumtol-u anor Hamda bir itburun oʻsardi qator. Ya, Qurbon
PASTQAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАСТҚАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pastqam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar