osh
bilan ulashing
1. Miqdor yoki hajm jihatidan koʻpaymoq; oʻsmoq; ortmoq.
-
Fakultetdagi talabalar soni besh yuzdan oshdi.
-
Paxta yildan yilga moʻl boʻlib, foydasi ham oshib turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ortmoq, ortib qolmoq.
-
Xarajatdan besh soʻm oshib qoldi.
3. Koʻtarilmoq.
-
Oyim kuydi-yondi, dadamning qon bosimi oshib, kasalxonaga tushib qoldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Saodat labini jiyirib, shishachani qaytib uzatdi: — Yoʻq, besh soʻmdan oshsa olmayman Yoshlik
-
Hali oftobning dami qaytmagan, Qoʻshariqning katta koʻchasidagi azamat teraklar toldan oshib, hovliga toʻrt enlikkina soya tashlagan payt edi. S. Ahmad, Ufq
-
Har kun mol narxi oshadi, bozorda savdogarlarning qulogʻi tikkaygan. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Maʼlum bir payt chegarasidan utmoq; kechmoq; ogʻmoq.
-
Vaqt yarim kechadan oshdi. Soat uchdan oshdi. Ish boshlaganimga besh oydan oshdi. Yoshim qirq beshdan oshdi.
-
Soat oltiga belgilangan toʻy soat oʻndan oshganda boshlanibdi. A. Qahhor, Toʻyda aza
5. Mol sotib olishda uning bahosini oshirmoq, narxiga narx qoʻshmoq, orttirmoq.
-
Boshqa bir raqib ilmasin, degan andisha bilan baqqol ham bir tangalab olaverdi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Kuchaymoq, zoʻraymoq; yanada sezilarli, taʼsirli boʻlmoq.
-
Alami oshdi. Zavqim oshdi. Ixlosim oshdi. Kayfi oshdi. Gʻayrati oshdi. Ishga havasi oshdi.
-
Uyda oʻtiraverib, Murodning xunobi oshib ketdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Iskandar ich-ichidan jigʻibiyroni oshib, ters burilib chiqib ketdi. M. Mansurov, Yombi
7. Takomillashmoq, yaxshilanmoq; yuqori bosqichga koʻtarilmoq.
-
Sotuvchining malakasi oshdi. Huquqiy ongimiz oshmoqda. Qadrlasang, qadring oshar. Maqol
-
Bu hujjatni butun rayonga tarqatmoqchimiz, Sher, obroʻying oshib, choʻqqiga koʻtarilayotganingni bilyapsanmi?I. Rahim, Ixlos
8. Biror jihatdan yoki biror sohada boshqalardan oʻtib ketmoq, oʻzmoq, zoʻr chiqmoq, orqada qoldirmoq.
-
Agar yengsang, zoʻr kelsang, oshsang, Doim seni toʻyga boshlayman. E. Rahim, Yangi qadam
9. Maʼlum bir toʻsiq, chegara yoki balandlikdan oʻtmoq.
-
Dovon(dan) oshmoq. Devordan oshmoq. Togʻ(dan) oshmoq. Suv toʻgʻondan oshib tushyapti. Qimirlagan qir oshar. Maqol
-
Shermat devordan oshib, hovliga tushdi va oyoq uchida yurgancha, burchakdagi uy oldiga keldi. Yoshlik
-
Salomat qizlar bilan bogʻma-bogʻ oshib kelib, devor panasidan qoʻshiqqa quloq solardi. S. Ahmad, Hukm
10. Qoʻldan qoʻlga, bir tashkilotdan boshqasiga oʻtmoq.
-
Ish tergovdan sudga oshdi.
11. Koʻpmoq, koʻpchimoq (xamir haqida).
-
Xamir oshdi.
osh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishi boshidan oshib yotmoq (yoki ketmoq)
-
Direktorning peshonalari tirishdi-yu, salgina norozilik maʼnosida oʻziga-oʻzi dedi: Mana, ishlar ham boshimdan oshib ketdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Nabirali boʻladigan Oʻzbek oyimning ishi boshidan oshgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Kim oshdi savdosi
Oshib tushmoq
-
Mamat qassobniki hammadan oshib tushdi. U boshqalardek qilmadi-yu, lekin chiqib ketdi. Yoshlik
Umbaloq oshmoq
-
It umbaloq oshib, beli bilan devorga borib urildi, koʻzlari tubsiz qahrga toʻlib, gʻingshidi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Amalga oshmoq
OSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
osh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar