qoqshol
bilan ulashing
Oriqlikdan qoq qurib qolgan, qoq quruq, quruq suyak.
-
Ona yana qoqshol qoʻllari bilan oʻgʻlining yelkasini siladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U tizzalarini qoqshol qoʻllari bilan quchoqlab, isqirt koʻrpacha ustida bamaylixotir oʻtirar edi. M. Osim, Elchilar
-
Qoqshol kishi qoʻlini koʻtarib, uni toʻxtatdi. Sh. Boʻtayev, Qoʻrgʻonlangan oy
tibbiy Odam va hayvonlarda organizmga terining jarohatlangan yeridan kirib, oʻzidan zahar ajratib, butun organizmni zaharlovchi tayoqcha shaklidagi alohida mikrob qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli kasallik (bemor kamalakdek egilib qoladi va har qanday tashqi taʼsirdan tirishib qolaveradi).
-
Sultonning oyogʻi shishib ketdi Madali aka: — Hozir darrov ukol qilmasa, qoqshol boʻlib qoladi, — dedi-da, dori sumkasini tita boshladi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
QOQSHOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОҚШОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoqshol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar