qor
bilan ulashing
1. Suyuq yoki mayda zarrali sochiluvchan narsalarni bir-biriga aralashtirmoq, qorishtirmoq.
-
Tolqonni shakar bilan qormoq. Qatiqqa shakar qorib ichmoq.
-
Qoʻy suti, qoʻy moyiga Upadek unni qorib Q. Muhammadiy
2. Obdan aralashtirib yetiltirmoq, iylamoq, pishitmoq (shu yoʻl bilan oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz anglatgan narsani tayyorlashni bildiradi).
-
Loy qormoq. Beton qormoq.
-
Kun chiqmasdan un eladim, xamir qordim Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yormat xoʻjayinning sigir-buzoqlariga tert qorish bilan band boʻlgan xotinining oldida toʻxtadi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Bulgʻamoq, belamoq, qorishtirmoq.
-
Loyga qormoq.
-
Sel gʻoʻzalarimizni mehnatimizni ham tuproqqa qorib oldi-ketdi-yu, ammo yurak qoʻrimizni, vijdonimizni oqizib ketgani yoʻq. Y. Shamsharov, Koʻrk meʼmorlari
-
Oʻzingni balchiqqa qorib, yigʻlab-yolvorib, dehqonning ogʻzidagini, kosibning boʻgʻzidagini umid etishga or qilmaysanmi, Matpano? S. Siyoyev, Avaz
4. koʻchma Botirmoq, koʻmmoq; giriftor qilmoq.
-
Choʻponni sevolmadim, Hech koʻngil qoʻyolmadim. Gʻurbatga qorganimning, Devga yuborganimning Sababi shunda edi. H. Olimjon
QOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar