og‘ush
bilan ulashing
1. kitobiy Quchoq; qoʻyin, bagʻir.
-
Oʻz ogʻushiga olmoq.
-
Raʼno javob bermay, Anvarning ogʻushidan oʻzini qutqazib, oʻrnidan turdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Sening ogʻushing oftobning yotogʻiga oʻxshaydi badaningdan behisht yalpizining boʻyi keladi, koʻkragingdan olma hidi anqib turadi Yoshlik
2. Qaʼr, bagʻir.
-
Koʻp oʻtmasdan oʻlim oʻz ogʻushiga tortdi. Oybek, Navoiy. Saratonda muallaq qotgan havo gʻubori shabnam bilan yana oʻz onasi — tuproq ogʻushiga ohista choʻkdi. Saodat
3. Qurshov, qoʻyin.
-
Tolibjon omonat yogʻoch koʻprik ustida shunday, ham shirin, ham yurakni oʻrtovchi hislar ogʻushida garangsib turardi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Murod qandaydir quvonch ogʻushida onasiga qaradi. T. Ashurov, Oq ot
og‘ush soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻush qilmoq
OG‘USH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
og‘ush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar